KDS'da stop-list
Stop-list — tugagan yoki cheklangan miqdorda qolgan taomlar ro'yxati. Oshpaz uni kassaga bormasdan, to'g'ridan-to'g'ri oshxona ekranida yuritishi mumkin.
Skrinshotlar rus tilidagi interfeysda olingan, shuning uchun tugma nomlari ekrandagidek ruscha keltirilgan.
Stop-listni ochish

Ekranning o'ng yuqori burchagidagi «Стоп-лист» ni bosing. Uni ekran menyusi → «Стоп-лист» orqali ham ochish mumkin.
- Sarlavha ostida — nechta taom «В стопе» (stopda) va nechtasi «Ограничено» (cheklangan).
- Taom nomi bo'yicha qidiruv.
- Filtrlar: «Мои», «Все», «В стопе», «Ограничено». Yonida — taomlar soni.
- Menyu kategoriyalari. «Все» barcha kategoriyalar taomlarini ko'rsatadi.
- Har bir taomda — joriy qoldiq (∞ — cheklovsiz) va «В стоп» tugmasi.
Taomni stopga qo'yish
- Taomni qidiruv yoki kategoriya orqali toping.
- Taom qatoridagi «В стоп» ni bosing.
Taom «В стопе» filtriga tushadi.
Porsiyalar sonini cheklash

- Taom nomini bosing. O'ngda uning kartochkasi ochiladi.
- Qoldiq maydonida (1) hozir «Без ограничений» (∞).
- Tugmalar (2): «Без лимита» — cheklovni olib tashlash, «Стоп» — taomni stopga qo'yish.
- Qoldiqni belgilash uchun +1, +5, +10 (3) ni bosing yoki raqamni raqamli panelda tering.
- «Сохранить» (4) ni bosing.
Qoldiqli taom «Ограничено» filtriga tushadi.
Taomni stopdan olish
- «В стопе» yoki «Ограничено» filtrini oching.
- Taom nomini bosing.
- «Без лимита» va «Сохранить» ni bosing.
Stop-list oynasini yopish — o'ng yuqori burchakdagi ✕.