Obunani qanday to'lash
To'lov usullari
- Click
- Payme
- Paynet
- Bank o'tkazmasi (yuridik shaxslar uchun, hisob bo'yicha)
Click, Payme yoki Paynet orqali to'lov
- To'lov tizimi ilovasini oching.
- Xizmatlar ro'yxatidan AliPos'ni toping.
- Tashkilotingiz ID'sini to'liq, tushirib qoldirmasdan kiriting.
- Summani kiriting va to'lang.
- Asosiy kompyuterdagi kassaning kirish ekranida kalitcha belgisini → **«Tekshirish»**ni bosing. Kompyuter internetga ulangan bo'lishi kerak.
Agar tashkilot ID'si yoki to'lov summasini bilmasangiz, yordam xizmatiga qo'ng'iroq qiling: +998 55 704-99-99.
Bank o'tkazmasi orqali to'lov
O'tkazma tushishi vaqt oladi. Kassa to'xtab qolmasligi uchun to'lov haqida yordam xizmatiga xabar bering — o'tkazma tekshirilguncha ish uzaytirib beriladi.
To'lovdan keyin litsenziya yangilanmadi
Qarang: Litsenziya muddati tugagan: ko'pincha litsenziyani yangilash tugmasi bosilmagan yoki asosiy kompyuterda internet yo'q.
O'z vaqtida to'lashga ulgurmasangiz
Yordam xizmatiga oldindan qo'ng'iroq qiling va muddat haqida kelishib oling.