Stollar
Kirgandan so'ng stollar ekrani ochiladi. Stollar va zallar kassadan keladi.

- Filtrlar (1): «Мои» — sizning buyurtmalaringiz bor stollar, «Все» — hammasi, «Свободные» — bo'shlari. Raqam — filtrdagi stollar soni.
- Stol kartochkasi (2): nomi va holati. «Свободен» — buyurtma yo'q. Stolni ochish uchun kartochkaga bosing.
- Yuqoridagi tugmalar (3): kassa bilan aloqa, qorong'i mavzu va qulf — ilovani qulflaydi va PIN kiritishga qaytaradi. Telefonni berganda yoki ketganda bosing.
- Pastda — «Столы» va «Смена» (4) yorliqlari — smena haqida batafsil.
Stollar tepasida — zal nomi. Zallar bir nechta bo'lsa, ular bloklar bilan ketma-ket keladi.

Sizning buyurtmangiz bor stol rang bilan ajratilgan (1): buyurtma summasi, «Мой стол» (mening stolim) yozuvi va necha daqiqa o'tgani ko'rinadi. Bunday stol «Мои» filtriga (2) tushadi.
Stollar o'zi yangilanadi: buyurtma kassada yoki boshqa telefonda ochilsa, kartochka qayta kirmasdan o'zgaradi.
«Plitka» ko'rinishini «Смена» → «Столы списком» da ro'yxatga almashtirish mumkin.