Xatolar va yechimlar
Bu yerda mijozlar yordam xizmatiga eng ko'p murojaat qiladigan muammolar va ularni bir necha daqiqada mustaqil hal qilish usullari to'plangan.
| Nima bo'ldi | Maqola |
|---|---|
| Chek chiqmayapti, boshqa printerdan yoki xira chiqyapti | Printer chop etmayapti |
| Kassa «server bilan aloqa yo'q» deb yozyapti, ikkinchi monoblok ulanmayapti | Server bilan aloqa yo'q |
| QR-kodli chek chiqmayapti, Z-hisobot xatosi | Fiskal chek chiqmayapti |
| To'lov qilingan bo'lsa ham dastur litsenziya tugaganini yozyapti | Litsenziya muddati tugagan |
| Dastur qotyapti, uzoq yonyapti | Dastur sekin ishlayapti |
| Ofitsiant telefoni ulanmayapti, telefondan buyurtmalar chop etilmayapti | Ofitsiant telefoni ulanmayapti |
| Web'ga kirish uchun SMS kelmayapti, hisobotlar yangilanmayapti | AliPos Web'ga kirish va hisobotlar |
| Kassa xato xabarini ko'rsatdi | Kassa xatolari ma'lumotnomasi — ekrandagi matnni toping |
Qo'ng'iroq qilishdan oldin
Ko'p muammolar uchta amal bilan hal bo'ladi:
- Server kompyuterda internet va kabellarni tekshiring.
- Server kompyuterni, keyin qolgan kassalarni qayta yoqing. Svet o'chib-yonganidan keyin avval server yuklanishi kerak, keyin qolganlari.
- Agar dastur yangilashni taklif qilsa, dasturni yangilang.
Yordam bermadimi — yordam xizmati bilan bog'laning. Yordam xizmati 24/7 ishlaydi.