Skip to main content

Buyurtmani to'lash va yopish

Buyurtma kassada, to'lov ekranida to'lanadi. Uni ochish uchun buyurtmani oching va «Подробнее» ni bosing.

Skrinshotlar rus tilidagi interfeysda olingan, shuning uchun tugma nomlari ekrandagidek ruscha keltirilgan.

To'lov ekrani​

To'lov ekrani

  1. «Заказ» (buyurtma tarkibi) va «Информация о клиенете» (mijoz ma'lumotlari) yorliqlari.
  2. To'lov usullari: «Наличные» (naqd), «Карта» va boshqa ulangan usullar.
  3. Raqamli panel va tezkor summalar: 1 000, 2 000, 5 000, 10 000, 20 000, 50 000, 100 000, 200 000.
  4. «Точная сумма» — aynan to'lanadigan summani kiritish.
  5. «Чек» — buyurtmani yopish va chek chop etish.
  6. «Завершить как долг» — qarzga yopish.

Chap pastki burchakdagi ‹ strelkasi buyurtmaga qaytaradi.

Ekran markazida «К оплате» (to'lanadigan), «Внесено» (kiritilgan), «Внести» (yana qancha qoldi) va «Сдача» (qaytim) ko'rinadi. Chapda — «Подытог», «Обслуживание», «Скидка» va «Итого».

Naqd pul bilan to'lash​

Naqd to'lovni tanlash

  1. «Наличные» (1) ni bosing. Markazda naqd to'lov qatori (2) paydo bo'ladi, raqamli panel faollashadi.
  2. Mehmondan olingan summani kiriting:
    • tezkor summa tugmalari bilan — har bir bosish summani qo'shadi (20 000 + 100 000 = 120 000);
    • yoki paneldagi raqamlar bilan;
    • yoki mehmon qaytimsiz to'lasa, «Точная сумма» ni bosing.

Qaytimni hisoblash

  1. «Внесено» va «Сдача» (2) ni tekshiring. Kassa qaytimni o'zi hisoblaydi.
  2. «Чек» (3) ni bosing.

Summada xato qilsangiz — paneldagi qizil ✕ ni yoki to'lov qatoridagi ✕ ni bosing va qaytadan kiriting.

Karta bilan va aralash to'lov​

  1. «Карта» ni bosing.
  2. Summani kiriting yoki «Точная сумма» ni bosing.
  3. «Чек» ni bosing.

Bitta buyurtmada usullarni birlashtirish mumkin: masalan, bir qismi naqd, qolgani karta bilan. Har bir usul markazda alohida qator bo'ladi. Barcha to'lov usullari — To'lov usullari maqolasida.

Mijoz ma'lumotlari​

Mijoz ma'lumotlari

  1. «Информация о клиенете» (1) yorlig'ini oching.
  2. «Имя клиента» (mijoz ismi) va «Номер телефона» (telefon raqami) (2) ni to'ldiring.

Mijoz ma'lumotlari qarzga va yetkazib berishga buyurtmalar uchun kerak.

Buyurtmani qarzga yopish​

«Завершить как долг» ni bosing. Buyurtma to'lovsiz yopiladi, uning summasi smena hisobotida «Долг» qatoriga tushadi.

Qarzning to'lanishi o'sha hisobotda «Оплата долга» sifatida ko'rinadi. Qarzlar haqida batafsil — Buyurtmalarni qabul qilish.

Qarz to'lovini faqat ochiq smenada qabul qilish mumkin — Qarzni to'lash.

«Не удалось найти фискальный модуль» xatosi​

Fiskal modul xatosi

Agar kassa fiskal cheklarga sozlangan bo'lsa, «Чек» tugmasi chekni fiskal modulga yuboradi. Modul ulanmagan bo'lsa, kassa shunday xabar ko'rsatadi:

Не удалось найти фискальный модуль(флеш накопитель)

(fiskal modul — fleshka topilmadi). Bunda buyurtma yopilmaydi. «Понятно» ni bosing va:

  1. Fiskal modul (fleshka) shu kassaga ulanganini tekshiring.
  2. Agar bu kassada fiskal modul bo'lmasa, unda fiskal chek chiqarish kerak emas — sozlamalarni tekshirish uchun administratorga murojaat qiling.

Batafsil — Fiskal chek chiqmayapti.

Bog'liq maqolalar​