Skip to main content

Hisobotlar va moliya

Hisobot davri​

Barcha hisobotlarda davr bir xil beriladi:

  • tezkor tugmalar «1k», «7k», «15k», «Oy»;
  • yoki «Dan» va «Gacha» maydonlari. Maydonga bosing, strelkalar bilan oy va kunni tanlang, so'ng vaqt va «OK».

Tanlagandan keyin «Filtr» ni bosing. «Tozalash» filtrlarni odatiy holatga qaytaradi. «Excel olish» hisobotni faylga yuklaydi.

Buyurtmalar boshqa kunga tushib qolsa, kassa kompyuteridagi vaqtni tekshiring — qarang: Hisobotlar.

Sotuvlar​

Statistika → Sotuvlar — davr bo'yicha xulosa.

Sotuvlar statistikasi

  1. Davr (1) va «Terminal guruhlari» — alohida kassalar bo'yicha hisobot.
  2. Natijalar (2): «Tushum», «Yalpi foyda», «O'rtacha chek», «Cheklar», «Bonuslar orqali to‘lov», «Qarzlar summasi», «Chegirmalar summasi», «Yetkazib berishlar miqdori».
  3. «Aylanma» (3) — kunlar bo'yicha tushum.

Pastda — soatlar bo'yicha hisobot, to'lov turlari, buyurtma turlari va sotilgan tovarlar.

Taomlar hisoboti​

Statistika → Taomlar hisoboti.

Taomlar statistikasi

  1. Filtrlar (1): davr, nom, smena raqami, buyurtma turi, ombor, terminal guruhlari, to'lov usuli.
  2. Natijalar (2): «Jami», «Jami tannarx», «Foyda».
  3. Qator — menyu kategoriyasi (3): miqdor, summa, tannarx, foyda. O'ngdagi ko'z va ro'yxat kategoriya mahsulotlarini ochadi.

Tannarx faqat mahsulotlarda texkarta bo'lsa va kirimlar bo'lgan bo'lsa hisoblanadi. Aks holda u 0, foyda esa tushumga teng.

Buyurtmalar hisoboti​

Statistika → Buyurtmalar hisoboti — har bir buyurtma alohida qatorda.

Buyurtmalar hisoboti

  1. Filtrlar (1): buyurtma va smena raqami, buyurtma turi, kim yaratdi va kim yopdi, menyu, to'lov usuli, terminallar, manba. Belgilar — «Chegirmali buyurtmalar», «Bonuslar orqali to‘lov». «Filtrlarni yashirish» blokni yig'adi.
  2. Natijalar (2): summa, chegirmalar, yetkazib berish, bonuslar orqali to'lov. Qator oxiridagi ko'z buyurtmani ochadi: pozitsiyalar, to'lovlar, kim va qachon. Keng jadval o'ngga suriladi.

Egasi uchun hisobot​

Statistika → Egasi uchun hisobot — smenada hammasi joyidami, bitta sahifada ko'rinadi.

Egasi uchun hisobot

  1. «Oxirgi smena bo'yicha» yoki «Filter bo'yicha» (1) — tanlangan davr uchun.
  2. Smena (2): kim ochdi, raqami, qachon ochilgan va yopilgan.
  3. Natijalar (3): «Tushum», «Jami tushgan», marja bilan «Yalpi foyda», fudkost bilan «Tannarx», buyurtmalar, o'rtacha chek, xarajatlar va «Pul natijasi» — tushumlar + kiritishlar − xarajatlar − qaytarishlar.
  4. «Chop etish / PDF» (4).

Shubhali joylar

«Shubhali joylar» bloki tekshirishga arziydigan narsalarni yig'adi: yopilmagan va uzoq ochiq turgan buyurtmalar, eng ko'p bekor qilgan xodim, mahsulot hisobdan chiqarilmagan bekor qilishlar (taom to'lovsiz berilgan bo'lishi mumkin), 30 kundan ortiq inventarizatsiya qilinmagan ombor, yopilmagan smena. «Batafsil» ro'yxatni ochadi.

Pastda — to'lov usullari, pul (oldindan to'lovlar, qarzlar, kiritishlar, xizmat, chegirmalar, bekor qilishlar), inventarizatsiyalar va kamomadlar, hisobdan chiqarishlar, kategoriyalar bo'yicha xarajatlar, buyurtma turlari va top-5 tovar.

Boshqa hisobotlar​

HisobotNimani ko'rsatadi
Kunlik hisobotkunlar bo'yicha tushum: naqd, karta, boshqa, o'rtacha chek, cheklar soni
Ingredientlar harakati hisobotidavr uchun har bir ingredientning kirimi, chiqimi va qoldig'i
Stollar hisobotistollar bo'yicha tushum va buyurtmalar
Bekor qilinganlar hisobotibekor qilingan pozitsiyalar: kim bekor qildi, kim buyurtma yaratdi, bekor qilish sababi
Xarajatlar hisobotitranzaksiya kategoriyalari bo'yicha xarajatlar
Xodimlar hisobotihar bir kassir va ofitsiant sotuvlari
Kuryerlar hisobotikuryerlar bo'yicha yetkazib berishlar
Qarzlar hisobotiqarzga buyurtmalar va ularning to'lanishi
Tariflar hisobotisoatbay xizmatlar (bilyard, kabinalar): vaqt, soni, narxi
Yakuniy hisobotoxirgi smena yoki davr natijasi: to'lovlar, kiritishlar, xarajatlar, qarzlar, to'lov va buyurtma turlari, top-5 tovar
ABC/XYZ Tahlillariqaysi mahsulotlar asosiy tushumni beradi va qanchalik barqaror sotiladi
Mijozlarbuyurtmali mehmonlar: yangi, yo'qotilgan, xaridlar summasi va bonuslar

Hisobotlar to'plami tarifga bog'liq — qarang: Tariflar va narxlar.

Moliya​

Hisoblar​

Moliya → Hisoblar — pul qayerda turadi: naqd kassa, naqd pulsiz hisob-kitob, inkassatsiya.

Hisoblar

  1. «Qo'shish» (1) — yangi hisob.
  2. Har bir hisobning «Balans» va «Turi» (2). Pastda — «Jami».

Hisoblarga to'lov usullari bog'langan: buyurtma to'lovi o'z usulining hisobiga tushadi.

Tranzaksiyalar​

Moliya → Tranzaksiyalar — pulning barcha harakatlari: buyurtmalar to'lovi, smenani ochish va yopish, inkassatsiya, xarajatlar, yetkazib beruvchiga to'lovlar, oldindan to'lovlar, qaytarishlar.

Tranzaksiyalar

  1. «Yaratish» (1) — qo'lda tranzaksiya: kirim, xarajat yoki hisoblar o'rtasida o'tkazma.
  2. Filtrlar (2): davr, hisob, kategoriya, subkategoriya, tur, smena raqami, izoh.
  3. Pastda (3) — «Jami kirim», «Jami chiqim» va «Farq».

Xarajat va kirim kategoriyalari Moliya → Kategoriyalar da sozlanadi.

Kassa smenalari​

Moliya → Kassa smenalari — davr bo'yicha smenalar: ochilgan va yopilgan sana, raqam, buyurtmalar soni, jami. Smenani ochsangiz, uning pul harakatlarini kategoriyalar bo'yicha ko'rasiz.

Bog'liq maqolalar​